Gʻazal mulkining sultoni sifatida barcha turkiy xalqlar orasida yuksak qadrlanadigan buyuk shoir va davlat arbobi Mir Alisher Navoiy hazratlarining 583 yilligi munosabati bilan Navoiy viloyati pedagogika markazi Maktabgacha , boshlang`ich va maxsus ta`lim metodikasi kafedrasi professor-o`qituvchilari va malaka oshirish kursi ishtirokchilari tomonidan «Navoiy yodi ila yashaymiz mudom» nomli adabiy-badiiy kecha tashkil etildi.
Tadbirda ishtirokchilar tomonidan g‘azal, ruboiy va tuyuqlar, jozibali raqslar va shoir hayoti va ijodini namoyon etgan sahna ko`rinishlari taqdim etildi.