DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Navoiy tavalludining 583 yilligi

Gʻazal mulkining, buyuk shoir Mir Alisher Navoiy ijodi chinakam ma’noda o‘zbek adabiyotining ulkan xazinasidir.

Bugun Navoiy viloyati pedagogika markazi Tillarni o`qitish metodikasi kafedrasi professor-o`qituvchilari hamda Ona tili va adabiyot kursi ishtirokchilari tomonidan «Asrlardan kelar boqiy sadolar» mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Dastlab tadbirni Pedagogika markazi direktori, professor F. Ro`ziqulov kirish so`z bilan ochib berib, «Shoir ijodining komil inson rivojidagi o`rni» mavzusida ma`ruza qildi.
Shundan so`ng tadbirning faxriy mehmonlari:
Nortojiyev Bobonor – shoir, NavDPI faxriy professori
Jamoliddin Axtamov – O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi
Yo‘ldoshev Kamol Mirzayevich – Turon fanlar akademiyasi professori tomonidan shoir ijodi va hayoti haqida ma`ruzalar tinglandi.

Tadbir Ona tili va adabiyot kursi ishtirokchilari tomonidan aytilgan ruboiy, g`azallar va kuy-qo`shiqlarga ulanib ketdi