Maktab taʼlimiga ilgʻor xalqaro tajribalar asosida ishlab chiqilgan zamonaviy darsliklarni hamda baholash tartibini amaliyotga joriy etishda pedagog xodimlarga uzluksiz metodik xizmat koʻrsatib borishni tizimli tashkil etish bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 5-yanvardagi “Umumta’lim muassasalarida uzluksiz metodik xizmat koʻrsatish ishlarini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 8-sonli buyrug‘ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Navoiy viloyati pedagogika markazi direktori, professor F.Ro`ziqulov rahbarligida Metodik xizmat ko`rsatish bo`limi metodistlari bilan yigʻilish oʻtkazildi.
Yigʼilishda umumta’lim muassasalarida uzluksiz metodik xizmat koʻrsatish ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida qabul qilingan huquqiy-meyoriy hujjatlar mazmun-mohiyati tushuntirildi va kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.