Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2024-yil 5-yanvardagi 8-sonli buyrugʻiga asosan Navoiy viloyati Pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazi huzuridagi metodik xizmat ko’rsatish bo’limi metodistlari tomonidan Metodist soati o‘tkazildi.
Joriy yilning 07 -fevral kuni, Metodik xizmat ko‘rsatish metodistlari tomonidan milliy markaz tinglovchilari uchun «Metodist soati» mashg’ulotlari o’tildi. Mashg’ulotda pedagoglar uchun bugungi kunda dolzarb bo’lib turgan masalalar haqida ma’lumotlar berildi. Jumladan: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish qarori haqida”gi 692-son qarori mazmuni to’g’risida, «Case-study» ta’lim metodi va ilg’or ish tajribalarni ommalashtirish maqsadida tayyorlanadigan qo’llanmalar qay tartibda bo’lishi lozimligi haqida ma’lumotlar berildi.
Mashg‘ulot davomida o‘qituvchilariga fanlardagi yangiliklar;
– yuqori sinf o‘quvchilarining qobiliyati va tanlovi asosida ta’lim jarayonlarini tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ;
-tanlov fanlari joriy etiladigan sinflarning o‘quv rejasi va tushuntirish xati;
-tajriba –sinov maktablarida yangi baholash tartibining joriy etilishi ;
-attestatsiya testlariga tayyorgarlik ko’rish ;
-ilg’or tajribalarni ommalashtirish ;
tayyorlangan metodik qo’llanma hamda, darslarni samarali tashkil etishda foydalaniladigan metodlar haqida ma’lumotlar berildi , yuqoridagi mavzular metodlar asosida amalda bajarildi.
Metodist soati davomida, mavzu yuzasidan pedagoglarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.
Mashg’ulot so’nggida ustozlarning metodik ehtiyojini aniqlash maqsadida so’rovnoma olindi.