Oʻquvchilarni dars jarayonida mavzuga oid darsliklar, qoʻshimcha adabiyotlar va internet resurslari bilan ishlash koʻnikmalarini rivojlantirish maqsadida Navoiy viloyati pedagogika markazi ijtimoiy-iqtisodiy va amaliy fanlar metodikasi kafedrasi dotsenti Fayziyeva Feruza tomonidan Tarix kursi ishtirokchilari uchun ochiq dars mashgʻulotlari tashkil etildi.
Dars jarayonida Oʻzbekiston tarixining XIII-XIV asrlar davrini oʻrganish va mavjud tarixiy jarayonlarni tahlil qilish, darslarda davrlarni qiyoslash aynan shu davrlarda yaratilgan manbalarning qiyosiy tahlili natijasida olingan xulosalar orqali yanada muvaffaqiyatliroq ekanligi taʼkidlandi.