Vazirlikning 2022-yil 5-dekabrdagi 372-sonli buyrug‘iga asosan, joriy yilnig 25-yanvar kuni Navoiy viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markaziga malaka oshirish maqsadida tashrif buyurgan tinglovchilarga metodik xizmat ko’rsatish bo’limi xodimlari tomonidan “Metodist soati” tashkil etildi.
Unda «XXI asr ko’nikmalari, 4K modeli” mavzusida Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘lim boshlig‘i D.T.Tuxfatulina, ona tili va adabiyot fani metodisti G.Niyozova, o‘zbek tili fani metodisti D.Xakimova, biologiya fan metodistii R.G’ayratova,fizika fani metodisti U.Rahmonovlar tomonidan master klass o‘tkazildi.
“Metodist soati”da o’qituvchilar zamonaviy ta’lim metodlari asosida dars tashkil etish, uning ahamiyati va afzalligi, kelajakda undan kutiladigan natijalar bilan tanishtirildi.
“Metodist soati ” davomida o‘qituvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Bu kabi “Metodist soati” boshqa fan o‘qituvchilari uchun ham davom etadi.
Dars davomida o’tkazilgan metodlardan o’qituvchilarning o’z darslarida qo’llashi tavsiya qilindi.
“Metodist soati” haqida o‘qituvchilar tomonidan ijobiy fikrlar bildirildi.
Navoiy shahar 1- maktabning oʻzbek tili fani oʻqituvchisi Xoʻjaqulova Dilbar metodist soati haqida quyidagi fikrlarni bildirdi.
-Bugungi metodist soati juda mazmunli tashkil etildi. Biz- tinglovchilar ta’limdagi yangiliklar, islohotlar,XXI asr ko‘nikmalari, 4K modeli, yangi metodlar haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldik. Metodistlar zamonaviy pedtexnologiyalardan samarali foydanalish to’g’risida tushuncha berishdi. O’quvchilar faolligini oshirish, shuningdek,darslar davomida o’quvchilar tomonidan to’plangan bilimlarni kelajakda hayotda qo’llay olish ko’nikmasini shakllantirish bo’yicha kerakli tavsiyalar berildi.