Zamonaviy texnologiyalar asosida oʻtilayotgan amaliy mashgʻulotlar hamda STEAM asosida tashkil etilayotgan seminar-treninglarda tajriba almashish maqsadida joriy yilning 25-yanvar kuni Navoiy viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi Ijtimoiy-iqtisodiy va amaliy fanlar metodikasi kafedrasi oʻqituvchisi U.Ilyasova va «Barkamol avlod» bolalar maktabi toʻgarak rahbarlari tomonidan «Kasbim – faxrim» shiori ostida amaliy mashgʻulot tashkil etildi.
Unda barcha to`garak rahbarlari o`zlarining qo`l mehnati asosida tayyorlangan ijod namunalar orqali tajriba almashishdi.