Navoiy viloyati Pedagogika markazida yangi tabaqalashgan oʻquv dasturi asosida pedagog xodimlar uchun malaka oshirish kurslari zamonaviy ta`lim texnologiyalari asosida tashkil etilmoqda.
Joriy hafta davomida Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi katta oʻqituvchisi N.Soliyeva va Fizika fani ishtirokchilari tomonidan «Fizika va astronomiya darslarida loyihalash taʼlim texnologiyasidan foydalanish» mavzusida amaliy mashgʻulot tashkil etildi.
Unda ishtirokchilar STEAM yo`nalishi hamda Robototexnika zamonaviy uskunalar orqali o`z bilim va ko`nikmalarini rivojlantirmoqdalar.