Bugun Navoiy viloyati Pedagogika markazida jadidchilik harakatining yetuk namoyondasi Mahmudxoʻja Behbudiy tavalludi munosabati bilan Pedagogika markazi professor-oʻqituvchilari va malaka oshirish kursi ishtirokchilari tomonidan «Oʻquvchi shaxsini rivojlantirishda kitobning oʻrni» mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Unda avvalo buyuk mutafakkir, yozuvchi, oʻzbek dramaturgiyasining asoschisi Behbudiy haqida fikr-mulohazalar bildirilib, millat hayotida, jamiyat rivojida kitobning oʻrni beqiyos ekanligi aytib oʻtildi. Ishtirokchilar adabiyot olamidagi mashhur insonlarning kitob haqidagi fikrlarini bayon etib, uning ahamiyati haqida batafsil toʻxtalishdi.