Navoiy viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi xalqimizni barchamiz uchun qadrli bayram – «Vatan himoyachilari kuni» bilan qutlaydi.
El-yurt tinchligi, oilalar osoyishtaligi, chegaralarimiz daxlsizligi uchun sidqidildan xizmat qilayotgan fidoyi oʻgʻlonlarga minnatdorlik bildiramiz.
Aziz Vatan himoyachilari!
Sizlarga oilaviy xotirjamlik, sogʻlik-salomatlik, koʻtarinki ruhiyat tilaymiz. Hayotingiz va faoliyatingiz doimo sharaf va zafarlarga toʻliq boʻlsin!