2024-yilning yanvar oyida Navoiy viloyati Pedagogika markazining Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi Navbahor tumanidagi 16-maktabga metodik xizmat safarida bo‘ldi. Ushbu «Metodik tur» davomida sifatli ta’limni amalga oshirish maqsadida o‘qituvchilarga:
– Zamonaviy darsliklarning afzalliklari;
– Yangi darsliklar asosida loyiha ishlarini amalga oshirish tartibi;
– Darslardagi fanlararo integratsiyani to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish kabi bir qator mavzularda o‘quv-seminarlar tashkil qilindi.
-Seminar so‘ngida yig‘ilganlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassis tomonidan javob oldilar.