O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan Navoiy viloyati pedagogika markazida Ijtimoiy-iqtisodiy va amaliy fanlar metodikasi kafedrasi dotsenti Pulatov Jahongir va Ona tili va adabiyot fani tinglovchilari ishtirokida «Konstitutsiya – buyuk davlatning huquqiy poydevori» mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida yangi qabul qilingan konstitutsiya haqida batafsil maʼlumotlar berilib, taʼlim sohasiga oid moddalarga alohida eʼtibor qaratildi.