DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Davra suhbati

«Har kim oʻz shaʼni va obroʻsiga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish va turar joyi daxlsizligi huquqiga ega».
Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyasi, 27-modda

Navoiy viloyati pedagogika markazi va Navoiy viloyati hokimligi huzuridagi FOʻOʻBOXMOB oʻquv kursi hamkorligida «Zoʻravonlikka qarshi birgalikda kurashamiz» aksiyasi doirasida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbati davomida zoʻravonlikning turlari, zoʻravonligi bo`lgan shaxslarga nisbatan davlat tomonidan qanday jazo turlari mavjudligi va davlatimizda zoʻravonlikka uchragan xotin-qizlarga qanday yordam berilayotganligi xususida mutaxassislar tomonidan batafsil maʼlumotlar berildi.