Joriy yilning 30-noyabr kuni Navoiy viloyati pedagogika markazi Ijtimoiy-iqtisodiy va amaliy fanlar metodikasi kafedrasi oʻqituvchisi U.Ilyasova hamda Tasviriy san’at va chizmachilik fani tinglovchilari ishtirokida mahorat darsi tashkil etildi.
Unda tinglovchilar tomonidan malaka oshirish jarayonida qoʻl mehnati asosida tayyorlangan buyumlar va sohaning portret, nabroska, qoralama terminlariga izoh berilib undan namunalar amaliyotda chizib ko`rsatildi.