DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Milliy qadriyatlar

Bizga maʼlumki xalqimiz azal-azaldan urf-odat va anʼanalarga boy, shular orasida kuz fasliga bagʻishlab dehqonbobolar tomonidan»Mehrjon» bayrami nishonlanadi. Bu bayram maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilari uchun ham alohida ahamiyatga ega, chunki bolalar yoshlikdan oʻz xalqining urf-odatlari, qadriyatlari bilan tanishib boradilar.

Shu munosabat bilan joriy yilning 23-noyabr kuni Navoiy viloyati pedagogika markazi Maktabgacha, boshlangʻich va maxsus taʼlim metodikasi kafedrasi katta oʻqituvchisi X.Qurbonova, G.Eshova va Maktabgacha taʼlim tashkiloti kursi tinglovchilari ishtirokida «Mehrjon» bayrami tashkil etildi.