O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Rossiya Federatsiyasi Fan va ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda O’zbekiston Respublikasi maktablarida umumta’lim fanlarini rus tilida o’qitishning sifatini oshirishga qaratilgan «Zo’r» (KLASS) loyihasi doirasida joriy yilning 13-18-noyabr kunlari Navoiy viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazida A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi Komarov Boris Alekseyvich tomonidan fizika fani o‘qituvchilari malaka oshirish kursi tinglovchilari bilan seminar-trening va mahorat darslari tashkil qilindi.
Rossiya davlat pedagogika universiteti dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi Komarov Boris Alekseyvich tomonidan hafta davomida tashkil qilingan seminar-trening va mahorat darslarida:
♦️ fizika fani o‘qituvchilarining dars mashg‘ulotlari uchun didaktik materiallarini takomillashtirish metodikasi o‘rganildi;
♦️ fizika fani o‘qituvchilari uchun uslubiy materiallar (uslubiy ko‘rsatmalar, uslubiy qo‘llanmalar, amaliy mashg‘ulotlar, uslubiy topshiriqlar to‘plami, ma’lumotnomalar, o‘quv ko‘rgazmali ishlanmalar va boshqalar) ishlab chiqish metodikasi o‘rgatildi;
♦️ maktab o‘quvchilarini fizika fanidan olimpiadalariga jalb qilish bilan bog‘liq tadbirlarni tashkil etish yo‘llari o‘rgandi.
Ushbu seminar-treninglar va mahorat darslaridan ko’zlangan maqsad umumta’lim maktablari fizika fani o’qituvchilarida yangi darsliklar bilan ishlash ko’nikmalarini shakllantirish hisoblanib, tinglovchilar darsliklar bilan ishlash jarayonidagi o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.