Navoiy viloyati pedagogika markazida A.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi Komarov Baris Alekseyvich tomonidan fizika fani o‘qituvchilari malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun «PISA в Узбекистане» mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Seminar davomida tinlovchilarga xalqaro baholash tizimi, uning Oʻzbekiston taʼlimidagi ahamiyati va qiymati toʻgʻrisida va PISA xalqaro baholash tizimining meʼyoriy tartiblari haqida maʼlumotlar berildi.