DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Tajriba almashamiz

Zamonaviy texnologiyalar asosida oʻtilayotgan amaliy mashgʻulotlar hamda STEAM asosida tashkil etilayotgan seminar-treninglarda tajriba almashish maqsadida joriy yilning 9-noyabr kuni Navoiy viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi Ijtimoiy-iqtisodiy va amaliy fanlar metodikasi kafedrasi oʻqituvchisi U.Ilyasova va «Barkamol avlod» bolalar maktabi toʻgarak rahbarlari tomonidan «Hammaga baxt ulashamiz» shiori ostida amaliy mashgʻulot tashkil etildi.