DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

“Ustoz ta’lim bunyodkori” shiori ostida o‘qituvchilar qurultoyi

Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi tomonidan ta’lim islohotlarini birgalikda amalga oshirish , o’qituvchilarni yagona kuchga aylantirish hamda mavjud muammolarni muhokama qilish va ularni yechimi bo’yicha aniq takliflar ishlab chiqish maqsadida tashkil etilgan «Ustoz ta’lim bunyodkori» deb nomlangan o’qituvchilar qurultoyi Navoiy viloyati Zarafshon shahridagi 1-xorijiy tillarni o’qitishga ixtisoslashgan maktabda ham tashkil etildi.

Unda 4 ta yo’nalish bo’yicha 13 nafardan jami 62 nafar o’qituvchi ishtirok etdi. Qurultoy davomida Navoiy viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazi metodik xizmat ko’rsatish bo’limi geografiya va tabiiy fan metodisti Ilyos Xamrayev ham ishtirok etdi.