DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

“Ustoz ta’lim bunyodkori” shiori ostida o‘qituvchilar qurultoyi

Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi tomonidan ta’lim islohotlarini birgalikda amalga oshirish , o’qituvchilarni yagona kuchga aylantirish hamda mavjud muammolarni muhokama qilish va ularni yechimi bo’yicha aniq takliflar ishlab chiqish maqsadida tashkil etilgan «Ustoz ta’lim bunyodkori» deb nomlangan o’qituvchilar qurultoyi Navoiy viloyati Xatirchi tumani 24- umumta’lim maktabida ham tashkil etildi.

Unda boshlang`ich ta`lim yo`nalish treneri, Navoiy viloyati pedagogika markazi Maktabgacha, boshlangʻich va maxsus taʼlim metodikasi kafedrasi katta oʻqituvchisi N.Hamdamova tomonidan qurultoyga yig`ilgan boshlang`ich sinf o`qituvchilari uchun mahorat darsi tashkil etildi.