Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi tomonidan ta’lim islohotlarini birgalikda amalga oshirish , o’qituvchilarni yagona kuchga aylantirish hamda mavjud muammolarni muhokama qilish va ularni yechimi bo’yicha aniq takliflar ishlab chiqish maqsadida tashkil etilgan «Ustoz ta’lim bunyodkori» deb nomlangan o’qituvchilar qurultoyi Navoiy viloyati Navbahor tumani 28- umumta’lim maktabida ham tashkil etildi.
Unda 4 ta yo’nalish bo’yicha 38 nafardan jami 152 nafar o’qituvchi ishtirok etdi. Qurultoy davomida Navoiy viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazi metodik xizmat ko’rsatish bo’limi boshlig’i Tuxfatullina Dilyara Temurovna tomonidan master klass o’tkazildi.