DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

“Ustoz ta’lim bunyodkori” shiori ostida o‘qituvchilar qurultoyi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan o‘qituvchilarni ta’til davomida birdamligini oshirish, tizimda mavjud muammo va kamchiliklar borasida takliflarni umumlashtirish maqsadida “Ustoz ta’lim bunyodkori” shiori ostida o‘qituvchilar qurultoyi bo‘lib o‘tdi.
🔹Aniq fanlar;
🔹Tabiiy fanlar;
🔹Boshlang‘ich ta’lim;
🔹Ona tili va adabiyot yo‘nalishlarida tashkil etilgan shoʻbalarda respublika miqyosida o‘tkazilgan onlayn darslarda tahsil olgan trener o‘qituvchilar o‘z bilim va malakalarini har bir ta’lim muassasasidan tashrif buyurgan hamkasblari bilan bo‘lishishdi.

Seminar davomida har bir yo‘nalishda o‘qituvchilarning fikr va mulohazalari tinglanib umumlashtirildi.

Ushbu tadbirlar har bir ta’lim muassasasi bo‘ylab davom etadi.