O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 1-noyabrdagi 06-06/2-2816-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 7-noyabr kuni Navoiy viloyati Karmana tumanidagi 25-son Ixtisoslashtirilgan maktab-internatida “Alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalar bilan ishlash” mavzusida viloyat seminar-treningi tashkil etildi.
Seminarda Navoiy viloyati pedagogika markazi professor-o`qituvchilari va viloyat Karlar jamiyati mutaxassislari ishtirok etishdi. Unda Navoiy viloyati pedagogika markazi Pedagogika va psixologiya, taʼlim texnologiyalari kafedrasi mudiri, dotsent Safarov Dilmurod Xalimovich “Alohida ta`lim ehtiyojlari bo`lgan bolalar bilan ishlashda psixologik treninglar” mavzusida ma’ruza qildi.