Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi 1-,4-,5-sonli umumta’lim maktablari o‘qituvchilari uchun Navoiy viloyati Pedagogika markazining O‘quv va metodik ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari A.Pulotov hamda “Pedagogika va psixologiya, ta’lim texnologiyalari” kafedrasi dotsenti K.Astanaqulovlar tomonidan sayyor malaka oshirish o‘quv «Mahorat darslari» tashkil etildi.
«Mahorat darslari»da o‘qituvchilar o‘qitishning zamonaviy metodikalari haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
Dars davomida fan o‘qituvchilarining kasbiy mahoratini oshirishga yo‘naltirilgan metodik tavsiyalar berildi.