Navoiy viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazida 2023-yil 27-oktyabr kuni «Taʼlimda innovatsiyalar, investitsiyalar va intellektual salohiyat: muammolar, tahlillar va istiqbollar» mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani boʻlib oʻtdi.
Navoiy viloyati pedagogika markazi direktori, professor Faxriddin Roʻziqulov anjumanni kirish soʻz bilan ochib berdi.
Anjumanda umumta’lim maktablari o‘quv jarayoni sifat-samaradorligini ta’minlash, mazmunini boyitishda innovatsiyalar, investitsiya va intellektual salohiyat, xalqaro baholash dasturlari kabi mavzularda o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, innovatsion texnologiyalar asosida o‘qitish tizimini takomillashtirishning optimal yo‘llarini aniqlash, ta’limning ushbu bosqichida multimedia vositalaridan foydalanish kabi masalalar yuzasidan ilmiy-metodik jihatidan yuqori saviyadagi ma’ruzalar tinglandi.