DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Qadring baland bo‘lsin ona tilim!

Bugun Navoiy viloyati pedagogika markazi Maktabgacha, boshlangʻich va maxsus taʼlim metodikasi kafedrasi katta professor-oʻqituvchilari va Maktabgacha taʼlim tashkiloti kursi tinglovchilari ishtirokida oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi munosabati bilan «Qadring baland boʻlsin ona tilim» mavzusida bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirni Navoiy viloyati pedagogika markazi oʻquv va metodik ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari A.Pulotov kirish soʻz bilan ochib berib, ona tilining inson hayotidagi beqiyos oʻrni haqida takidlab oʻtdi.

Tadbirda tinglovchilar tomonidan tayyorlangan bayram dasturi namoyish etilib, undagi kuy-qoʻshiqlar va ona tilimizni madh etuvchi sheʼrlar yigʻilganlarda katta taassurot qoldirdi.