Umumtaʼlim maktablaridagi taʼlim sifati va samaradorligini oshirish, o‘qituvchilarning kasbiy va pedagogik mahoratini doimiy o‘sib borishini taʼminlash, o‘qitishning interaktiv usullari bo‘yicha kasbiy bilimlarini, malaka va ko‘nikmalarini muntazam oshirishda metodistlarning o‘rni muhim ahamiyatga ega.
9-oktyabr sanasidan A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlarining 30 nafar metodistlari uchun malaka oshirish kurslari boshlandi.
Kurslar zamonaviy ilg‘or metodikalar asosida taʼlim jarayonlarini tashkil qilish, kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan bilim, ko‘nikma va malakaga ega bo‘lishlarni taʼminlashga qaratilgan dasturlar asosida olib boriladi.
Kursning olib borilishi va tinglovchilar fikr-mulohazalarini keyingi postlarimizda kuzatishingiz mumkin.