2023-2024-o‘quv yilidan Navoiy viloyatida ham 20 ta umumta’lim maktabi tanlanib, ularda yangi baholash tizimi tajriba-sinovdan o‘tkazilmoqda. Bu jarayonga maktablarning 5-11-sinf o‘quvchilari jalb etilgan.
Joriy yilning 6-oktyabr sanasida Metodik xizmat bo’limi metodistlari Qiziltepa tumanidagi 5,26,42-umumta’lim maktablariga mezonlarga asoslangan baholash tizimini joriy etish bo’yicha amaliy metodik yordam ko‘rsatish maqsadida tashrif buyurishdi.
Metodistlar tomonidan tajriba-sinov maktablarida bilimni baholashning yangi tartibini joriy etish yuzasidan seminar-trening mashg’ulotlari olib bordi hamda o‘qituvchi va o‘quvchilarga yangicha baholash tizimining afzalliklari to‘g‘risida tushunchalar berildi.
Tashrif davomida maktab o’qituvchilari ham mezonlarga asoslangan yangi baholash tizimi bilan bog’liq barcha savollariga javob olishdi.