DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Yangi baholash tizimi amalda

    Joriy yilning 4-oktyabr sanasida viloyat markazidan 300 km uzoqlikda joylashgan Uchquduq tumaniga Metodik xizmat ko’rsatish bo’limi tomonidan metodik karvon tashrif buyurdi. Bu tashrifdan ko’zlangan maqsad Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2023-yil 27-iyundagi 192-son buyrugʻi hamda 2023-yil 16-avgustdagi “Tajriba-sinov maktablarida bilimni baholashning yangi tartibini joriy etish to‘g‘risida”gi 248-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash bo’yicha tumanning 10,18-umumta’lim maktab jamoalariga amaliy yordam ko’rsatish.

    Ushbu maktablar Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2023-yil 27-iyundagi 192-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Yuqori sinf oʻquvchilarining qobiliyati va tanlovi asosida taʼlim jarayonlarini tashkil etish boʻyicha tajriba-sinov oʻtkaziladigan umumtaʼlim maktablari (keyingi oʻrinlarda — tajriba-sinov maktablari), shuningdek, bilimni baholashning yangi tartibini joriy etish istagini bildirgan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining 5-11-sinflarida formativ va summativ baholash tizimi tajriba-sinov tariqasida joriy etildi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 16-avgustdagi “Tajriba-sinov maktablarida bilimni baholashning yangi tartibini joriy etish to‘g‘risida”gi 248-sonli buyrug‘iga muvofiq tanlab olingan.

    Tashrif davomida pedagoglarga yangi baholash tizimining yutuqlari va yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish, o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish hamda takomillashtirilgan mahalliy fan dasturlari va qo‘llanmalaridan samarali foydalanish to‘g‘risidagi ma’lumotlar berildi.