Navoiy viloyati umumtaʼlim maktablarida Boshlangʻich sinflarda oʻqitishning zamonaviy metodikasi boʻyicha trenerlik faoliyatini olib borayotgan oʻqituvchilar joriy yilning 5-oktyabr kuni Navoiy viloyati pedagogika markazida ilgʻor xorijiy tajribalar asosida tayyorlangan 1-4 sinf darsliklaridan samarali foydalanish boʻyicha qoʻshimcha oʻquvlarni tashkil etish yuzasidan «Boshlangʻich sinflarda yangi avlod darsliklarini amaliyotga joriy etish» mavzusida oʻquv-metodik seminar tashkil etildi.
Seminar davomida hududlarda tashkil etiladigan oʻquv-metodik treninglarda bajariladigan ishlar belgilab olindi.