DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Assalomu alaykum, qadrli hamkasblar!
Muhtaram o‘qituvchi va murabbiylar!
Mana, bir necha yillardan buyon mamlakatimizda 1-oktyabr-O‘qituvchilar va murabbiylar kuni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlab kelinmoqda. Bu bayram o‘zining bilim va tajribasi, iste’dod va mahorati, insoniy fazilatlari, ko‘z nuri va qalb qo‘ri, butun borlig‘ini ma’rifat yo‘lida beminnat sarf etayotgan ustoz va murabbiylarimizga xalqimizning yuksak hurmat-ehtiromining ramzidir.
Murg‘ak qalblarga ilmga muhabbat tuyg‘usini baxsh etib, farzandlarimiz yo‘lini ezgulik nuri bilan yoritayotgan, o‘z o‘quvchilari, talabalari, shogirdlariga bilim va mahorat bilan birga yuksak insoniylik sabog‘ini ham berayotgan mo‘tabar kasb egalarining barchalariga bugungi kasb bayramingiz muborak bo‘lsin deyman!
Bayramingiz muborak bo‘lsin aziz hamkasblar!

Hurmat va ehtirom bilan
Roʻziqulov Faxriddin Rasulovich
Navoiy viloyati pedagogika markazi direktori