DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Sizdan boshlanadi asli tafakkur

Bola tarbiyasi katta mas’uliyat, kuch va sabrni talab etadi. Ayniqsa u kasb darajasida bo‘lsa. Bir vaqtning o‘zida musiqashunos, tilshunos, psixolog, shifokor, san’atshunos va tarbiyachilik kabi sohalarni birlashtirgan maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimalariga tasannolar aytamiz.

27-sentyabr «Maktabgacha ta’lim xodimlari kuni» hamda 1-oktyabr «Ustoz va murabbiylar kuni» munosabati bilan Navoiy viloyati pedagogika markazi Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi X.Qurbonova va maktabgacha ta’lim yo‘nalishi tinglovchilari ishtirokida «Ustozga ta’zim» nomli bayram tadbiri tashkil etildi.