DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Ustozga ehtirom

1-oktyabr «USTOZ VA MURABBIYLAR» kuni munosabati bilan Karmana tumani axborot-kutubxona markazida Jurnalistlar uyushmasi Navoiy viloyat bo‘limi, Navoiy viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi hamda tuman maʼnaviyat bo‘limi hamkorligida 2023-yil 27- sentyabr kuni O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasi a’zosi, «Shuhrat» medali, «Mehnat shuhrati» ordeni sohibasi shoira, jurnalist Salima Umarovaning «BIR QATIM NUR» nomli kitob taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Unda Pedagogika markazi Tillarni oʻqitish metodikasi kafedrasi dotsenti Mavjuda Suvanova, pedagogika markazi Axborot-resurs markazi yetakchi mutaxassisi Xoʻjaqulova Zamira hamda ona tili va adabiyot fani tinglovchilari faol ishtirok etishdi.