DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Metodist soati

Navoiy viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazi Ijtimoiy, iqtisodiy va amaliy fanlar metodikasi kafedrasi dotsenti D.Karimova va Metodik xizmat ko`rsatish bo`limi musiqa fani metodisti D.To`rayeva tomonidan musiqa fani tinglovchilari uchun “Metodist soati” darsi o‘tildi.

Metodist soati darsida Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limining faoliyati, Yangi baholash tizimini joriy etish, XXI asr ko‘nikmalarini rivojlantirish, «4K modeli» asosida ta’limni tashkil etishning samarali vositalari va uning afzalliklari to‘g‘risida tushunchalar berildi. Musiqa fani tinglovchilari tomonidan ushbu darslar kuy-qo`shiqlar sadosiga ulanib ketdi.