DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Mustaqillik darsi

Joriy yilning 4-sentyabr kuni Navoiy viloyati pedagogika markazida maktabgacha,boshlangʻich va maxsus taʼlim metodikasi kafedrasi katta oʻqituvchisi D.Rahmonova tomonidan Maktabgacha taʼlim muassasasi tinglovchilariga «Mustaqillik darsi» tashkil etildi.

«Mustaqillik darsi»dan ko’zlangan maqsad tinlovchilar tafakkurini milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida shakllantirish, oʻzi yashab turgan maskandagi tarixiy obidalarni bilish va ularni bir-biridan farqlash, ulardagi Vatanga muhabbat va sadoqat, insonparvarlik tuygʻularini mustahkamlashdan iborat.

Shuningdek, «Mustaqillik darsi»da jadidchilik harakati namoyandalaridan Mahmudxo’ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy, Munavvar Qori Abdurashidxonov va qatag‘on qurbonlarining hayot kechinmalari haqida taqdimotlar bo’lib o’tdi.