DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Bilimlar kuni

Navoiy viloyatidagi barcha umumta’lim maktablarida “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari o‘tkazildi.
Umumta’lim maktablarining 1-sinfiga ilk qadam qo‘ygan bolajonlarga 12 turdagi o‘quv qurollari, maktab sumkasi, darsliklar majmuasidan iborat Prezident sovg‘alari topshirildi.
“Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida tuman sektor rahbarlari, viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xodimlari, korxona va tashkilot rahbarlari ham ishtirok etishdi.
Xatirchi tumanidagi 13-14-umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tashkil etilgan shunday tadbirda viloyat pedagogika markazi O‘quv jarayonini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i N.Narzullayev va AKT va texnik ta’minot bo‘limi boshlig‘i S.Ibragimov ishtirok etib, o‘quvchilarga xalq ta’limi sohasidagi islohotlar, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari haqida so‘zlab berib, yangi o‘quv yilida ularning o‘qishlariga ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.