Maʼlumki, davlatimiz rahbarining maktab taʼlimi sifatini oshirish, oʻqitish metodikasini takomillashtirish boʻyicha belgilab bergan vazifalari ijrosini taʼminlash maqsadida ilgʻor xorijiy tajribalar asosida 1-4-sinf darsliklari yangidan tayyorlandi.
Joriy yilning 29-30-avgust kunlari Navoiy viloyatining pedagogika markazida “Boshlangʻich sinflarda oʻqitishning zamonaviy metodikasi” mavzusida boshlangʻich sinf oʻqituvchilari uchun malaka oshirish kursi tashkil etildi.
Seminar-trening mashgʻulotlari respulikada malaka oshirib kelgan malakali trenerlar tomonidan qiziqarli va zamonaviy metodlar asosida olib borilmoqda.