DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Seminar-trening

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi AQSH xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) va RTI international tadqiqot instituti bilan hamkorlikda “O‘zbekiston barkamollik uchun ta’lim dasturi” (UEEP) loyihasi doirasida tayyorlangan “Informatika va axborot texnologiyalari” (5-11-sinflar) fanidan o‘quv-metodik qo‘llanmalar 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab respublikaning barcha umumta’lim maktablarida joriy etish bo`yicha qisqa muddatli malaka oshirish kurslarining 2- viloyat bosqichiga Navoiy viloyati pedagogika markazida 28-avgust kuni start berildi.

Seminar-trening mashgʻulotlari 1-respulika bosqichida faol qatnashib kelgan malakali trenerlar tomonidan qiziqarli va zamonaviy metodlar asosida olib borilmoqda.