DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Ikkinchi ustozlar milliy forumi

Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan “Ikkinchi ustozlar milliy forumi”ning ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Unda Navoiy viloyati pedagogika markazining direktori Roʻziqulov Faxriddin Rasulovich, Metodik xizmat koʻrsatish boʻlimi boshligʻi D.Tuxfatullina va fan metodistlari ishtirok etishdi.

Tadbirni kirish so’zi bilan viloyat hokimi Normat Tursunov ochib, yakunlangan 2022-2023-o‘quv yilida tizimda amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar va istiqboldagi rejalar xususida so‘z yuritdi

Forumga barcha tuman va shaharlardan 500 nafarga yaqin pedagoglar, tarbiyachilar, faxriy ustozlar va ta’lim fidoyilari ishtirok etdi.

Tadbirning yakunida bir guruh faxriylar va pedagoglar tizimdagi faolligi, tashkilotchiligi va sohani rivojlantirishdagi xizmatlari uchun viloyat hokimining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.