DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Navoiy viloyatida soha mas’ullari bilan uchrashdi

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova amaliy tashrif bilan Navoiyda bo‘lib, viloyat hokimligi faollar zalida tuman, shahar hokimlari, ularning ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlari, hududiy soha rahbarlari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazdi.

Vazir Navoiy viloyatidagi mavjud holatni tahlil qilib, viloyat hokimi Normat Tursunov rahbarligida olib borilayotgan ta’lim siyosatidan qoniqish hosil qilganini ta’kidladi. Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan Ra’no Hayitovaga ishonch bildirishini, viloyat peshqadamlikni qo‘ldan bermasligini ta’kidlab o‘tdi.

Hududlarda ta’limni rivojlantirishdagi vazifalarni belgilab olish, bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor maqsadlarga e’tibor qaratdi. Takliflar qabul qilinib, ularni amalga oshirishda hamkorlikda ishlashga tayyorligini bildirdi.