DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Seminar-trening

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Rossiya Federatsiyasi Fan va ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi maktablarida rus tili fanini va umumta’lim fanlarini rus tilida o‘qitishning sifatini oshirishga qaratilgan «Zo‘r» (Klass) loyihasi doirasida joriy yilning 19-24-iyun kunlari Navoiy viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazida A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining 1 nafar metodisti Nikitina Yevgeniya Alekseyevna tomonidan seminar-treninglar va mahorat darslari tashkil etildi.

Seminar-trening va mahorat darslarida quyidagi yo‘nalishlarda ishlar amalga oshirildi:

♦️ rus tili o‘qituvchilarining dars mashg‘ulotlari uchun didaktik materiallari takomillashtirildi;

♦️ rus tili o‘qituvchilari uchun uslubiy materiallar (amaliy mashg‘ulotlar, uslubiy topshiriqlar to‘plami, ma’lumotnomalar, o‘quv ko‘rgazmali ishlanmalar va boshqalar) ishlab chiqildi;

♦️ maktab o‘quvchilarini rus tili fanidan olimpiadalariga jalb qilish bilan bog‘liq tadbirlarni tashkil etish metodikalari o‘rganildi.

Ushbu seminarlar orqali umumta’lim maktablarining rus tili fani o‘qituvchilari dars jarayonida darsliklar bilan ishlash, o‘quvchilarning til bilish darajasini oshirish kabi qator qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Hafta davomida o‘rganilgan yangi metodlar va tajribalarni amaliyotda namoyon etdilar.