Navoiy viloyati pedagogika markazi Maktabgacha, boshlangʻich va maxsus taʼlim metodikasi kafedrasi mudiri pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Sh.Xasanova va biologiya kursi tinglovchilari ishtirokida «Hujayra nazariyasi. Sitologiya» mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Seminar-trening oʻquvchilarni fanga qiziqtirish, turli oʻyin va metodlardan foydalangan holda oʻquvchilarga mavzuni tushuntirish va amaliy misollar yordamida tajribalarni hayotga tatbiq qilishga oid qiziqarli bahs-munozaralarga boy boʻldi.