DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Tajriba almashamiz

Umumiy o’rta ta’lim maktablarida darslarni sifatli va samarali tashkil qilishda o’zaro tajriba almashinish, tajribalari va malakali ustozlardan kerakli bilimlarni o’rganish juda muhimdir. Navoiy viloyati pedagogika markazida malaka oshirayotgan kimyo fani tinglovchilari Navoiy shahridagi 11- umumtaʼlim maktabining kimyo fani o’qituvchisi To’rayeva Gulnora tomonidan tashkil qilingan » 10- sinflarda kimyo fanidan amaliy mashg’ulotlar o’tkazish» mavzusidagi mahorat darsida ishtirok etdilar.