DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Mahorat darsi

Navoiy viloyati pedagogika markazi Maktabgacha, boshlangʻich va maxsus taʼlim metodikasi kafedrasi dotsenti v.b P. Djurayeva va umumtaʼlim maktablarida ma’naviy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari ishtirokida «Umumtaʼlim maktablarida inklyuziv taʼlimni tashkil etish» mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

Unda mumiy oʻrta taʼlim maktablari barcha fan oʻqituvchilari uchun uzluksiz kasbiy rivojlantirish kursining namunaviy oʻquv dasturida «Inklyuziv taʼlimni joriy etish masalalari» moduli kiritilganligi munosabati hamda Inklyuziv taʼlim sinflaridagi oʻquvchilarga individual taʼlim dasturlarini oʻzlashtirish, rivojlantirishiga toʻsqinlik qilayotgan omillarni aniqlashda metodik yordam berish boʻyicha fikr va mulohazalar o`rtoqlashildi.