DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Amaliy mashg‘ulot

Joriy yilning 20-may kuni Navoiy viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi «Aniq va tabiiy fanlar metodikasi» kafedrasi oʻqituvchisi N.Soliyeva va fizika fani tinglovchilari ishtirokida STEAM taʼlimi asosida amaliy mashgʻulotlar oʻtkazildi.

Mashgʻulotlar oʻtkazish jarayonida tinglovchilar fizikaning elektr boʻlimiga oid STEAM labaratoriya jihozlaridan foydalangan holda kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan loyihalarni yasash orqali nazariy bilimlarni mustahkamlashdi.