DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Tajriba almashamiz

Navoiy viloyati pedagogika markazi Maktabgacha, boshlangʻich va maxsus taʼlim metodikasi kafedrasi oʻqituvchisi Djurayeva Dilfuza va maktabgacha taʼlim kursi tinglovchilari ishtirokida «Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida rivojlantiruvchi markazlar asosida mashgʻulotlarni tashkil etish» mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Unda ishtirokchilarga yangi «Ilk qadam» o’quv dasturining o’ziga xos xususiyatlari, mazmun-mohiyati, yo’nalishlarini belgilashda tarbiyachining shaxsiy va pedagogik sifatlari, bilim darajasi, mahorati muhim o’rin tutishi, bolajonlarning savodxonligini oshirishda o’yin faoliyatidan samarali foydalanish haqida malumotlar berilib, tajriba almashildi. Bu trening barcha uchun samarali va yangi metodikalarga boy boldi.