DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA

Umumiy oʻrta taʼlim maktablari barcha fan oʻqituvchilari uchun uzluksiz kasbiy rivojlantirish kursining namunaviy oʻquv dasturida «Inklyuziv taʼlimni joriy etish masalalari» moduli kiritilganligi munosabati hamda Inklyuziv taʼlim sinflaridagi oʻquvchilarga individual taʼlim dasturlarini oʻzlashtirish, rivojlantirishiga toʻsqinlik qilayotgan omillarni aniqlashda metodik yordam berish boʻyicha 25-aprel kuni Navoiy viloyati pedagogika markazida «Ta`lim tizimida yangi metodikalar va ulardan foydalanishning amaliy asoslari» mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.

Ushbu konferensiyada Inklyuziv ta’lim bo‘limi metodisti S.Mo‘minov “Umumta’lim maktablarida inklyuziv ta’limni tashkil etish” mavzusi hamda pedagogika markazi va Umumiy o`rta ta`lim maktablarining professor-oʻqituvchilari sohaning dolzarb masalalariga bag`ishlangan ma`ruzalari bilan ishtirok etishdi.