DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

SEMINAR TRENING

Bugun Navoiy viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi Tillarni oʻqitish metodikasi kafedrasi katta oʻqituvchisi S.Azizova hamda ona tili kursi tinglovchilari ishtirokida «Ona tili va adabiyot fani boʻyicha maʼruza, seminar, amaliy mashgʻulot, trening va boshqa mashgʻulotlarni tayyorlash, kuzatish va tahlil qilish» mavzusida seminar-trening boʻlib oʻtdi.

Unda trener oʻqituvchilar tomonidan dars jarayonini sifatli tashkil etish, amaliy mashgʻulotlarga koʻproq vaqt ajratish, oʻtilayotgan mavzularni kundalik turmush bilan bogʻlagan holda tushuntirish kabi tavsiyalar berildi. Trening juda samarali va qizgʻin bahs munozaralarga boy boʻldi.