Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazida malaka oshirish kurslari tinglovchilari uchun yakuniy attestatsiya jarayonlarida markaz direktori Uktam Mardanov hamda xorijiy maslahatchi Bernardo Melchor ishtirok etib, pedagoglar tomonidan tayyorlangan loyiha ishlari, mikrodarslar va metodik taqdimotlar bilan yaqindan tanishdi. Attestatsiya davomida tinglovchilar xorijiy ta’lim tajribalari asosida ishlab chiqilgan zamonaviy pedagogik yondashuvlar, interfaol metodlar hamda innovatsion texnologiyalarni amaliyotda namoyish...Batafsil
Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazida “Ilk qadam” milliy o‘quv dasturini joriy etish bo‘yicha maktabgacha ta’lim mutaxassislarini tayyorlash trening dasturi doirasida o‘quv-seminari boshlandi. Tadbirni viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Abror Latipov hamda Pedagogik mahorat markazi direktori Uktamjon Mardanov kirish so‘zi bilan ochib berdilar. Tadbir avvalida mamlakatimizda maktabgacha ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, “Ilk...Batafsil
Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazida rus sinflarida boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari kursining may oyi tinglovchilari uchun “O‘quvchilar bilimini baholashning yangi tizimi” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti tashkil etildi. Mashg‘ulotni Djuraeva Guli Maratovna olib borib, tinglovchilarga zamonaviy baholash yondashuvlari, formativ va summativ baholashning amaliy ahamiyati hamda o‘quvchilar bilimini samarali aniqlash usullari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berdi. Dars davomida tinglovchilarga...Batafsil
Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazida Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari kafedrasi hamda Maktabgacha ta’limni muvofiqlashtirish bo‘limi hamkorligida tarbiyalanuvchilar o‘rtasida ekologik madaniyatni shakllantirishga qaratilgan “Ezgu tilak” loyihasi doirasidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir yuqori saviyada tashkil etildi. Ochiq osmon ostidagi amaliy mashg‘ulotning asosiy maqsadi yosh avlod qalbida tabiatga mehr, ekologik mas’uliyat va atrof-muhitga ongli munosabatni shakllantirishdan iborat bo‘ldi....Batafsil
Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi tasviriy san’at kursi tinglovchilari tomonidan 9 may — Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab yuksak ma’naviy ruhdagi badiiy rasmlar ko‘rgazmasi tashkil etildi. 🎨Ushbu tadbir doirasida tinglovchilar o‘z ijodiy salohiyatlarini namoyon etib, Vatanga muhabbat, tinchlik va osoyishtalikning qadri, urush va mehnat fronti qatnashchilariga bo‘lgan yuksak ehtirom kabi g‘oyalarni aks ettirgan ta’sirli asarlar...Batafsil