Daqqt! Sayt test rejimida ishlamoqda.
admin

By

Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazida “Umumta’lim maktablari pedagog-xodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlanishidagi muammo va yechimlar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib oʻtdi. Anjumanda respublikaning soha mutaxassislari, yetakchi olimlari, professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar va magistrantlar ishtirok etishdi. Tadbirni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Pedagog kadrlar salohiyatini oshirish va ularni tayyorlaydigan muassasalar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i G‘aniyev...
Batafsil
O‘zbekiston Respublikasi Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “METODIK MARAFON” tadbiri o‘tkazilmoqda. Bugun tadbirga viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ul xodimlari, Pedagogik mahorat markazi metodistlari va tuman (shahar)lardagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining tajribali va fidoyi o’qituvchilari faol ishtirok etmoqdalar. Jarayonlarda matematik, tabiiy-ilmiy,...
Batafsil
Bugun Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazida Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan keng qamrovli madaniy-ko‘ngilochar tadbir bo‘lib o‘tdi. Markazning barcha kafedra va bo‘limlari xodimlari hamda kurs tinglovchilari hamkorligida tashkil etilgan ushbu ayyom nafaqat o‘zbek milliy qadriyatlari, balki mamlakatimizda yashovchi turli millat vakillari urf-odatlarini o‘zida mujassam etdi. Tadbirni Mahorat markazi direktori Uktamjon Mardanov tabrik so‘zi bilan ochib...
Batafsil
Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazida o‘z kasbiy faoliyati davomida yutuqlarga erishgan pedagog-o‘qituvchilar bilan tajriba almashish maqsadida “Tajribali ustozlar – sifatli ta’lim garovidir!” mavzusida navbatdagi seminar-trening mashg‘uloti o‘tkazildi. Bu galgi seminar Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi, xususan kafedra katta o‘qituvchisi G‘ayrat Tojiyev tomonidan tashkillashtirilib, tajribali pedagoglarning dars samaradorligini oshirishga qaratildi. Matematika kursi tinglovchilari ishtirokida o‘tkazilgan...
Batafsil
Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazi jamoasi barcha yurtdoshlarimizni Muborak Ramazon hayiti hamda Navro‘z ayyomi bilan qutlaydi. Barchangizga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilaymiz. Ushbu Yangi kun ona zaminimizga to‘kin-sochinlik, har bir xonadonga qut-baraka olib kelsin! Ezgu niyat va amallar, mehr-oqibat, mehnatsevarlik va shijoat qalblaringizni aslo tark etmasin!
Batafsil
1 5 6 7 8 9 118